O‘zbekiston | 13:19
1367
3 daqiqa o‘qiladi

Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi

Bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarni ta’lim tizimidan vaqtincha chetlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinmoqda.

Bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarni ta’lim tizimidan vaqtincha chetlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinmoqda. Hujjat Qonunchilik palatasidan o‘tgan, hozirda Senat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ta’kidlashicha, xozir zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan pedagoglar bu muassasadan ishdan bo‘shatilsa, boshqa ta’lim dargohida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Yangi tartib bilan bu kabi holatlarda ularning ta’lim tizimida ishlashiga 1 yillik cheklov o‘rnatiladi.

“Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish masalasida bizning qat’iy pozitsiyamiz bor va bir necha yillardan beri shu pozitsiyani biz bildiramiz. Ya’ni bunday shaxs, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan shaxs faqatgina o‘sha lavozimidan yoki ishlab turgan joyidan ozod qilinishi emas, u kelgusida ana shu harakatlarini davom ettirishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Ya’ni uning faoliyatida muayyan cheklovlar bo‘lishi kerak. Mana shu taklifimiz davlat rahbari tomonidan qabul qilingan 201-sonli farmon doirasida ma’qullanib, shu cheklovlar joriy qilish bo‘yicha topshiriq berilgan va buning doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi qonun loyihasi ishlab chiqqan va bu qonun parlamentimizning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan. Hozirda Senat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi u.

Ombudsmanga ko‘ra, ta’lim muassasalariga ishga qabul qilinayotgan xodimlarni psixologik tekshiruvdan o‘tkazish zarurati bor. Bolalar bilan ishlash yuqori darajada emotsional barqarorlikni talab qiladi va agressiya yoki depressiya holatidagi shaxslar bu muhitda xavf tug‘dirishi mumkin. Bu borada yana bir muhim mexanizm sifatida ta’lim muassasalarida videokuzatuv tizimlari joriy etilishi kerak.

To‘liq ko‘rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling.

Гулмира Тошниёзова
Muallif Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid