Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
Eron tashqi ishlar vaziri 27 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Foto: Eron tashqi ishlar vazirligi
Eron va AQSh o‘rtasidagi diplomatik jarayonni bir necha omillar sekinlashtirmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati keltirdi.
«AQShning davom etayotgan buzg‘unchi odatlari, ayniqsa, asossiz talablardagi qat’iyat, pozitsiyalarning tez-tez o‘zgarishi, tahdidli ritorika va majburiyatlarning doimiy buzilishi diplomatiyaning rivojlanishini sekinlashtirmoqda», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Tehron «Amerikaning sanksiyalar va iqtisodiy bosimga moyilligi, shuningdek, Eron savdo kemalariga qarshi dengiz qaroqchiligining davom etayotganini» hisobga olgan holda AQSh bilan muzokaralarni davom ettirish-etmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Eron tashqi ishlar vaziri «ba’zi mamlakatlarning AQSh qonunbuzarligi va tajovuziga yo‘l qo‘yishi va ikkitomonlama standartlarining oqibatlari butun xalqaro hamjamiyatga ta’sir qilishini» ta’kidladi.
8 apreldan beri AQSh va Eron o‘rtasida sulh o‘rnatilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp uni Tehron tinchlik taklifini taqdim etmaguncha va muzokaralar «qanday bo‘lmasin» yakunlanmaguncha uzaytirdi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar 11 aprel kuni Amerika-Eron muzokaralarining muvaffaqiyatsiz birinchi raundidan keyin e’lon qilingan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini saqlab qoldi.
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi 22 aprel kuni Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq Tehron uchrashuv istiqbolsizligini bahona qilib, delegatsiyani yubormadi. Tramp, shuningdek, maxsus vakil Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerning Islomobodga safarini bekor qildi.
Mavzuga oid
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
17:40 / 27.04.2026
“Rossiya jamiyatida urushga nisbatan charchoq ortib boryapti” - siyosatshunos
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
00:04 / 27.04.2026