Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 27 aprel kuni Xorazmda bo‘ldi va prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini o‘rganayotganini ma’lum qildi.
«Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topdi. Biroq obektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, jamoamiz ularning barchasini bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o‘rganib chiqadi. Xonqa tumanida mukammal ta’mirga juda muhtoj bo‘lgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qo‘yilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdik. Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘ldik. Hozirda o‘quv auditoriyalari hamda akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan. Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa o‘zining alohida, to‘laqonli sharoitiga ega bo‘ladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.




Mavzuga oid
16:23
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
09:00 / 22.06.2026