Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
YHXX e’lon qilgan videodan kadr
O‘zbekistonda jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi guvohnomasidan ayrilish arafasida turibdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
“12,5 ball to‘plagan ekanman. 12 ballik tizim borligiga ishonmasdim. YHXBga chaqirishdi. O‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ballik tizim ishlashiga ishonch hosil qildim. Mening ishim endi sud orqali ko‘rib chiqilarkan. Haydovchilik guvohnomam “reshat” bo‘lishi mumkin”, degan u.
Kun.uz YHXXdan olgan ma’lumotga ko‘ra, bu shaxs Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi.
Hozirda respublika bo‘yicha 11 nafar haydovchi hisobidan 8-10 oraliqda jarima ballari bor. Ularning 5 nafari Toshkent shahri, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan. Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida bunday qoidabuzarlar soni hozircha bir nafardan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 iyundan boshlab YHX xodimlari qo‘l rejimida tuzgan bayonnomalar bo‘yicha ball hisoblash boshlandi. 2026 yil 1 apreldan e’tiboran esa, foto va videoradarlar orqali qayd etilgan ayrim turdagi yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini hisoblash boshlandi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-1-moddasiga ko‘ra, bir yil ichida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchilar kamida 6 oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Mavzuga oid
16:15
2 oyda 11 qurbon: Navoiyda yana dahshatli YTH sodir bo‘ldi
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
10:57 / 27.04.2026