Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Yangiqo‘rg‘on, Uychi, Qiziriq, Dang‘ara, Rishton tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qator noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.
Departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.A. “U.Z.” fermer xo‘jaligining “Xadikent” MFY hududidagi 12 gektar yer maydonini fuqaro A.N.ga 60 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.V. “O.” fermer xo‘jaligining “Guliston” MFY hududidagi 2 gektar yer maydonini 100 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali yer maydonining toifasini o‘zgartirib va sotishini aytib, ushbu pullar hisobidan 60 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i fuqaro Q.A.ga ushbu bo‘limning ma’muriy binosi va yer maydonini tanishlari yordamida auksion savdolari orqali sotib olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollari va 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.Q. fuqaro X.R.ning ishonchiga kirib, “A.Q.” fermer xo‘jaligining “Qizilmusht” MFY hududidagi yer maydonining 10 sotix qismini 20 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, fuqaroga soxta hujjat taqdim etib, kelishilgan puldan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Navbahor” MFY sobiq raisi B.M. va kadastr agentligining sobiq xodimi R.M. o‘zaro til biriktirib, go‘yoki kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali “Navbahor” MFY hududidagi 2 sotix yer maydonini fuqaro S.I.ga onlayn auksion orqali yutib, hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruvda, R.M.dan 500 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026