Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
Donald Tramp Vladimir Putin bilan Donbassning to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tishi bo‘yicha qandaydir kelishuv mavjudligini rad etdi.
Foto: AP
Bu haqda AQSh prezidentining 12 may kuni Xitoyga uchib ketishidan oldin jurnalistlar bilan muloqoti chog‘ida aytgan so‘zlaridan ma’lum bo‘ldi.
Jurnalistlardan biri Trampga: “Siz va Putin o‘rtasida Rossiya butun Donbassni olishi kerakligi haqida qandaydir tushunish bormi?” degan savolni bergan.
Tramp esa bu savolga qisqacha: “Yo‘q”, — deb javob qaytargan.
Mazkur muloqot videosidan parcha X tarmog‘idagi Clash Report mikroblogida e’lon qilingan.
Donetsk oblasti ustidan qaysi tomon nazorat o‘rnatishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Moskva bir necha bor tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan, biroq buni Ukraina qo‘shinlarining Donetsk, Luxansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlaridan to‘liq chiqib ketishi bilan bog‘lab kelmoqda.
Kreml ushbu hududlarni 2022 yilda o‘tkazilgan “referendumlar” natijasiga ko‘ra Rossiya hududi deb hisoblaydi.
Aprel oyi oxirida The New York Times to‘rt nafar anonim manbaga tayanib, Ukraina vakillari Rossiya hali ham harbiy yo‘l bilan egallashga urinayotgan Donbass hududining bir qismini “Donnilend” deb atash taklifini bildirganini yozgan.
Nashrga ko‘ra, bu taklif Trampning xayrixohligiga erishish maqsadida ilgari surilgan bo‘lishi mumkin.
AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens hududiy bahs “bir necha kvadrat kilometr” haqida ekanini aytganidan so‘ng, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 12 aprel kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy kelishmovchilik Donetsk viloyatining Moskva hali nazorat qilmayotgan taxminan 17–18 foizi bilan bog‘liqligini bildirgan.
Fevral oyi oxirida hududiy kelishmovchiliklar sabab Ukrainadagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Keyinchalik Vashington e’tibori AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushiga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
https://www.dw.com/ru/tramp-otricaet-nalicie-u-nego-dogovorennostej-s-putinym-o-peredace-donbassa-rf/a-77138877
Mavzuga oid
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52
Trampning Eronga qarshi urushi AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
09:01
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
08:40