Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron hujumlariga javob qaytargan
Saudiya Arabistoni Eron tomonidan o‘z hududiga uyushtirilgan hujumlarga javob sifatida Eronga qarshi bir qator zarbalar bergan. Bu haqda 12 may kuni Reuters agentligi ikki nafar g‘arblik va ikki nafar eronlik amaldorga tayanib xabar qildi.
Foto: Xinhua/dpa/picture alliance
Nashr ta’kidlashicha, bu hujumlar haqida avval ommaga ma’lum qilinmagan va ular Saudiya Arabistonining ilk bor Eron hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy operatsiya o‘tkazgan holati sifatida baholanmoqda.
Reuters fikricha, bu holat Ar-Riyodning mintaqadagi asosiy raqibi hisoblangan Eronga qarshi mudofaa borasida ancha ishonchliroq harakat qila boshlaganini ko‘rsatadi.
G‘arblik amaldorlardan ikkisining aytishicha, Saudiya Arabistonining ehtimoliy zarbalari taxminan mart oyi oxirida amalga oshirilgan.
Manbalardan biri bu harakatni “Saudiya Arabistonining o‘ziga qilingan hujumlarga javob qadami” deb atagan.
Reuters ma’lum qilishicha, hozircha Saudiya Arabistoni Eron hududida qaysi obektlarni nishonga olganiga aniqlik kiritilmagan.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining yuqori lavozimli vakili agentlik savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermagan.
Eron TIV ham jurnalistlarning izoh so‘roviga javob qaytarmagan.
Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi AQShning asosiy harbiy ittifoqchilaridan biri hisoblanadi. Mamlakat an’anaviy ravishda Vashingtonning harbiy himoyasiga tayanib keladi.
Biroq Reuters yozishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi davomida Eron bir necha bor Amerika yaratgan mudofaa “zonti”ni yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq The Wall Street Journal ham manbalarga tayanib, Birlashgan Arab Amirliklari aprel oyi boshida Eronga qarshi hujumlar uyushtirganini xabar qilgan edi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, BAAning ehtimoliy nishonlaridan biri Eronning Lavan orolida joylashgan neftni qayta ishlash zavodi bo‘lgan.
WSJ hisob-kitoblariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Eron BAAga qarshi jami 2800 ta dron va raketa qo‘llagan.
Nashr ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich hatto Isroilga nisbatan qo‘llangan hujumlardan ham yuqori hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52
Trampning Eronga qarshi urushi AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
08:40
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
21:13 / 12.05.2026