Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Sammitda sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti “Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ekologiya sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Shuningdek, sammitda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga keng tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:20
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
12:10
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
20:28 / 14.05.2026