Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT statistikasi: qaysi davlatlarda o‘lim darajasi yuqori?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha qariyb 62 million kishi vafot etgan. Bu har soat o‘rtacha 7 ming nafar odamning o‘limi qayd etilganini anglatadi.
Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi barcha o‘lim holatlarining yarmi atigi oltita davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori ko‘rsatkich Xitoyda qayd etilgan bo‘lib, mamlakatda har soat taxminan 1334 nafar odam vafot etgan. Keyingi o‘rinda Hindiston turadi — bu yerda har soat o‘rtacha 1085 ta o‘lim holati kuzatilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu ikki davlatning o‘zi dunyodagi umumiy o‘lim holatlarining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi.
AQShda har soat taxminan 340 nafar odam vafot etadi. Bu holatga surunkali kasalliklar, turmush tarzi bilan bog‘liq sog‘liq muammolari hamda aholi qarishi ta’sir ko‘rsatmoqda.
Nigeriyada esa har soat o‘rtacha 305 ta o‘lim qayd etiladi. Bu mamlakatda yuqori o‘lim darajasi infeksion kasalliklar, onalar va bolalar salomatligi bilan bog‘liq muammolar hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklangani bilan izohlanmoqda.

Indoneziyada har soat taxminan 242 kishi vafot etadi. Mamlakatda o‘lim darajasiga infeksion kasalliklar, tabiiy ofatlar va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati ta’sir qilmoqda.
Rossiyada esa har soat o‘rtacha 205 nafar odam vafot etmoqda. Mutaxassislar bu holatni tug‘ilish darajasining pasayishi va aholi qarishi bilan bog‘lamoqda.
Mavzuga oid
09:49
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:25 / 25.05.2026
Ekspertlar: BMT tinchlikparvarlik tizimi xavf ostida
17:05 / 22.05.2026
Kasblar kesimida oyliklar qanday o‘zgaryapti?
20:09 / 21.05.2026