O‘zbekiston | 15:45
8158
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli mashina bozorida noqonuniy savdogarlarning rasmi ilib qo‘yildi

Sergeli avtomobil bozori hududida “saygaklar”ning suratlari tushirilgan ogohlantirish stendi paydo bo‘lgan. Maxsus e’lonlar taxtasiga jami 40 nafar shaxsning fotosurati joylashtirilgan. Ularning 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tug‘ilgan yili aniq ko‘rsatilgan. Bozor ma’muriyati ushbu shaxslar noqonuniy savdo bilan shug‘ullanib kelganligini ta’kidlagan holda, xaridor va sotuvchilarni aldanib qolmaslikka chaqiryapti.

May oyining oxirida Sergeli avtomobil bozorida tezkor tadbir o‘tkazilib, vositachilik va olibsotarlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan 100 kishi aniqlangani va ulardan 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq yoki jarima jazosi tayinlangani ma’lum qilingandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Sergeli avtomobil bozori hududida noqonuniy savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarning suratlari tushirilgan ogohlantirish stendi paydo bo‘lgan. Maxsus e’lonlar taxtasiga jami 40 nafar shaxsning fotosuratlari ilova qilingan. Ularning 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tug‘ilgan yili aniq ko‘rsatilgan.

Bannerning pastki qismida bozorga tashrif buyuruvchi xaridorlarni hushyorlikka chaqiruvchi "OGOH BO‘LING, ALDANIB QOLMANG !!!" degan jumla yirik, qizil harflar bilan yozib qo‘yilgan.

Yillar davomida xalq tilida “saygaklar” deb ataluvchi shaxslar xaridor va sotuvchi o‘rtasida bevosita muloqotning kamayishiga va sun’iy narx oshishiga sababchi bo‘lib keladi.

Достон Аҳроров
Muallif Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid