O‘zbekiston | 20:02
2032
1 daqiqa o‘qiladi

Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi

Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida, urush holatida, umumiy safarbarlik e’lon qilingan davrda ish tashlash taqiqlanadi.

Ish tashlashda quyidagilarning qatnashishi mumkin emas hamda ular ishtirokidagi ish tashlash taqiqlangan hisoblanadi:

- tibbiyot xodimlari;

- davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan shaxslar;

- harbiy xizmatchilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;

- energiya va suv ta’minoti tizimi tashkilotlari xodimlari;

- aloqa tizimi xodimlari.

Agar Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan yoki ish tashlashni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid