O‘zbekiston | 15:04
1378
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidentiga ko‘ra, Armanistondagi saylov natijalari – Pashinyanning ichki va tashqi siyosatiga, jumladan Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga arman xalqining ishonchi yuqori ekanini tasdiqlagan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borishiga ishonch bildirdi.

2019 yilgi surat / Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga uning “Vatandoshlik kelishuvi” partiyasi parlament saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

“Saylov natijalari arman xalqining sizning ichki va tashqi siyosatingizga, jumladan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlaringizga bo‘lgan yuksak ishonchining amaliy tasdig‘idir.

Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytira olamiz”, – deyiladi xatda.

O‘zbekiston yetakchisi Armaniston rahbariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Armaniston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid