Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
Tashrif davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi mavzusi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Osiyo bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Xabar qilinishicha, u 5 kunlik safari davomida Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonda bo‘lishi rejalashtirilgan. Shtaynmayyerga turmush o‘rtog‘i hamda biznes delegatsiyasi hamrohlik qiladi.
Frank-Valter Shtaynmayyer Toshkentda Germaniyaning GP Günter Papenburg qurilish kompaniyasi filialini ko‘zdan kechiradi.
Shuningdek, tashrif davomida malakali mehnat migratsiyasi mavzusi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Germaniya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Osiyodagi boshqa har qanday mamlakatga qaraganda ko‘proq odam nemis tilini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026