Jamiyat | 09:40
1323
1 daqiqa o‘qiladi

Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Katta Chimyon tog‘ida sayr qilish vaqtida yo‘ldan adashib qolgan to‘rt nafar fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv ishlari natijasida topilib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Foto: Videodan kadr

17 iyun kuni soat 14:49 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga “112” tizimi orqali Bo‘stonliq tumani hududidagi Katta Chimyon tog‘ida to‘rt nafar fuqaro adashib qolgani va ularga amaliy yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, tog‘li hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida adashib qolgan fuqarolarning joylashuv o‘rni aniqlanib, ular xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Barcha fuqarolarning ahvoli yaxshi ekani bildirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni tog‘li hududlarga sayohat qilishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, harakatlanish yo‘nalishini oldindan belgilab olish hamda zarurat tug‘ilganda tezkor xizmatlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid