Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar uchun Vetnamga kirish qoidalari o‘zgardi
Vetnam hukumati mamlakatga kelayotgan barcha chet el fuqarolari uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tartibini joriy qildi. Yangi talab 22 iyundan kuchga kirgan bo‘lib, u Vetnamga sayohat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga ham tatbiq etiladi.
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Immigratsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, endilikda mamlakatga kirishdan oldin barcha yo‘lovchilar maxsus elektron shaklni to‘ldirishi shart. Yangi tartib Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 23 iyundagi HY561 reysidan boshlab amal qiladi.
Yo‘lovchilar Vetnamga uchishdan oldin rasmiy elektron portal orqali Pre-Arrival Information shaklini to‘ldirishi, arizani mamlakat chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat avval yuborishi lozim.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganidan keyin shakl bo‘yicha taqdim etilgan QR-kodni smartfonda saqlab qo‘yish yoki qog‘ozga chiqarib olish tavsiya etiladi. Mazkur QR-kod Vetnam chegara nazoratidan o‘tish vaqtida talab qilinishi mumkin.
Aviatashuvchi yo‘lovchilarni safar oldidan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, yangi talablarni oldindan bajarishga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:45 / 18.06.2026
“Popay operatsiyasi” – AQSh urush paytida iqlimga ta’sir ko‘rsatib Vetnamni toshqinlar ostida qoldirganmi?
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
21:04 / 13.12.2025
Vetnam O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi
07:16 / 29.11.2025