Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi, O‘zbekiston chegara zonasida teng maydonli yer uchastkalarini oldi.
O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish doirasida ikkita aholi punkti - Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari Farg‘ona viloyati tarkibiga kirgan ushbu qishloqlarning 2 ming 500 ga yaqin aholisi etnik qirg‘izlar bo‘lib, endi Qirg‘iziston fuqaroligini oladi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonga chegara zonasida teng maydonli yer uchastkalarini bergan.

Bundan tashqari, Soy qishlog‘idan Tayan qishlog‘igacha bo‘lgan avtomobil yo‘lini qurish uchun umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng qiymatli yer uchastkalari almashildi.
Ushbu yo‘l orqali Botken viloyati aholisi Aydarkendan Botken shahriga tezroq yetib borishi mumkin bo‘ladi, masofa aylanma yo‘l orqali hozirgi 225 kilometr o‘rniga 55 kilometrni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari 2022 yil noyabr oyida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan, 2023 yil yanvar oyida Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka davlat tashrifi doirasida ikki davlat prezidentlari ratifikatsiya yorliqlarini almashgan edi.
Mavzuga oid
08:45
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:24 / 04.06.2026