Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xalqaro maqom akademiyasi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekistonda maqom san’atini o‘rganish, asrab-avaylash va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro maqom akademiyasi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida o‘tkazilgan Uchinchi Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimida ma’lum qildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Yangi Toshkent shahrida muhtasham Maqom markazini barpo etish ishlari boshlangan. Davlat rahbari ushbu majmuani Dunyo maqom markazi deb nomlash va uning qoshida Xalqaro maqom akademiyasini tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Qayd etilishicha, akademiya jahon maqom san’atining yirik ilmiy-tadqiqot markaziga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Unda o‘zbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boshqa sharq mumtoz musiqa yo‘nalishlari ham o‘qitiladi.
Shuningdek, maqom san’atiga qiziquvchi yoshlar uchun “ustoz-shogird” an’analari asosida maxsus mahorat dasturlari yo‘lga qo‘yilishi va bu maqsadlar uchun grantlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, markaz qoshida noyob musiqiy qo‘lyozmalar, tovush yozuvlari va nota arxivlarini jamlaydigan Xalqaro raqamli kutubxona hamda laboratoriya tashkil etiladi.
Anjumanda, shuningdek, Jahon maqom antologiyasini yaratish, maqom san’atini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tuzish va Xalqaro maqom mukofotini ta’sis etish tashabbuslari ham ilgari surildi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026