O‘zbekiston | 14:31
1586
2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov birinchi o‘rinbosarga aylandi. Shu paytgacha prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida ishlagan Umarjon Egamberdiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Energetika vazirligi

Prezident qarori bilan Umid Mahmudovich Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Umid Mamadaminov 1983 yil 24 yanvarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini (bakalavr), 2015 yilda AQShning Oregon texnologiya institutini tamomlagan.

Mamadaminov 2023 yil avgustidan buyon energetika vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 2024 yil 29 martidan buyon energetika vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Mamatkarimovning o‘rnini egalladi. Vazirlik jamoasi boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Matkarimovga minnatdorlik bildirgan.

Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va Baxtiyor Mamatkarimov

Shuningdek, Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umarjon Egamberdiyev bunga qadar prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid