Jahon | 17:34
1235
1 daqiqa o‘qiladi

Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze 3 iyul kuni Tbilisi shahrida o‘zbek xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk namoyandasi ekani, uning bebaho ijodi asrlar davomida odamlarni insonparvarlik, ma’rifat, tafakkur va o‘zaro hurmatga chorlab kelayotgani ta’kidlandi.

Tbilisi shahridagi Alisher Navoiy haykali O‘zbekiston va Gurjiston xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik rishtalarining yana bir yorqin ramzi bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Gurjistonga davlat tashrifi yakunlandi.

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid