Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida kadrlar ehtiyojini qondirish zarurati tufayli bunga qiziqish bor.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga mehnat migrantlarini jalb qilish shartlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida kadrlar ehtiyojini qondirish zarurati tufayli bunga qiziqish bor. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.
Xususan, Lukashenko bu mavzu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Minskka tashrifi chog‘ida muhokama qilinganini eslatdi.
«Bizda shunday tizim bor: elchixona birinchi navbatda kimga mumkin, kimga mumkin emasligini aniqlaydi. Bu yerda (korxona) rahbari o‘ziga qancha odam, qanday mutaxassisliklar bo‘yicha kerakligini aniqlashi kerak. Va u o‘zi tanlaydi», deb migrantlarni jalb qilish tartibini ta’rifladi Belarus rahbari va «odamlar juda zarur»ligini ta’kidladi.
«Tizimni ishlab chiqish va odamlarni mamlakatga taklif etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ukrainaliklar keldi, ko‘plab rossiyaliklar biz bilan ishlagani kelmoqda», dedi Lukashenko.
Uning aniqlik kiritishicha, bu sohadagi ishlar «puxta nazorat ostida», jumladan, Ichki ishlar vazirligi tizimi orqali olib borilmoqda.
«Tanlovni rahbar amalga oshiradi va ular uchun javobgar bo‘ladi. Tartib bo‘lishi kerak», dedi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
20:15
O‘zbekistonliklar Belarusda ro‘yxatdan o‘tmasdan 10 kungacha qolishi mumkin bo‘ladi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026