Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaron suv omborida cho‘milish taqiqlangani yana bir bor eslatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron suv omborida cho‘milishga oid tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda dam oluvchilar suv omborida emas, hududda tashkil etilgan maxsus basseynlarda cho‘milayotgani aniqlandi. Mutaxassislar ichimlik suvi sifati doimiy nazorat qilinayotganini ham ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron suv ombori bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan “Angren suv ta’minoti” AJ mutaxassislari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Ohangaron suv ombori qirg‘og‘ida dam olish maskani tashkil etilgani aniqlandi. Biroq hududda erkaklar va ayollar uchun alohida basseynlar qurilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar aynan shu basseynlarda cho‘milayotgani ma’lum bo‘ldi.
Rasmiylarga ko‘ra, Ohangaron suv omborining o‘zida cho‘milish qat’iyan taqiqlangan va mazkur talab doimiy ravishda nazorat qilinadi. Shuningdek, basseynlardan chiqariladigan suvlar sug‘orish maqsadlarida foydalanilayotgani qayd etildi.
Mutaxassislar Angren shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv inshootini ham ko‘zdan kechirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ichimlik suvi sifati amaldagi sanitariya talablari asosida muntazam laboratoriya nazoratidan o‘tkazib kelinmoqda.
Qo‘mita vakili ta’kidlashicha, so‘nggi uch yil davomida Angren shahrida ichimlik suvi sifati bilan bog‘liq salbiy holatlar qayd etilmagan. Suv sifati belgilangan grafik asosida doimiy monitoring qilinib kelinmoqda.
O‘rganish natijalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim da’volar o‘z tasdig‘ini topmaganini ko‘rsatgan.
Mutasaddilar fuqarolarni axborot tarqatishda faqat ishonchli va tasdiqlangan manbalarga tayanishga chaqirib, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
23:27 / 29.04.2026