O‘zbekiston | 13:23
1301
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi maktabning tom qismi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi maktablardan birida yong‘in chiqqani haqida video tarqaldi. Videoda muassasa binosining tom qismi alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin.

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 17 iyul kuni soat 08:24 da G‘allaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maktabda sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, maktabning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.

Yong‘in paytida maktabning 450 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Исомиддин Пулатов
Tayyorlagan Исомиддин Пулатов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid