Yevropa Ittifoqi va Özbekiston © uzdaily.uz

Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi 324-maktabda 30 aprel kuni “Özbekistondagi alohida ehtiyojli bolalar uçun inklyuziv ta'lim” resurs markazi işga tuşdi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligidan ma'lum qilişlariça, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilmoqda. Bungaça xuddi şunday resurs markazlari 2015 yilning fevral oyi davomida Özbekistonning beşta hududi – Urganç, Termiz, Namangan va Samarqandda oçilgan edi. Uşbu resurs markazlari Özbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan va alohida ehtiyojga ega bolalarga inklyuziv ta'lim beriş böyiça “yagona oyna markazlari” vazifasini ötaydi. Qayd etişlariça, resurs markazlari interaktiv doskalar, şaxsiy kompyuterlar, yiriklaştirgiç va boşqa şu kabi, alohida ehtiyojli bolalarga ta'lim olişda yordam beradigan uskuna va buyumlar bilan ta'minlangan, ularning barçasi Yevropa Ittifoqining loyihasi doirasida sotib olingan.