Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, davlat rahbari yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va texnologik rivojlaniş uçun zamonaviy muhandislar, konstruktorlar hamda ilmiy işlanmalar hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.

Xususan, «NURA Electric» korxonasida muhandislik işlanmalari va dual taʼlim tizimiga katta eʼtibor qaratilayotgani ijobiy misol sifatida körsatilgan.

Ayni paytda korxonada 100 nafarga yaqin muhandis-konstruktor va texnolog öz işlanmalarini amaliyotga joriy etmoqda. Yana 50 nafar talaba dual taʼlim asosida işlab, bir vaqtning özida ham maoş olmoqda, ham amaliy tajriba töplamoqda.

Şuningdek, hozirda Özbekistondagi texnika oliygohlarining 20 nafar talaba va tadqiqotçisi Koreyadagi elektronika korxonalarida taʼlim olmoqda. Yaqin vaqt içida ularning soni 100 nafarga yetkazilişi belgilangan.

Muhandislar xorijda malaka oşiradi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2027-yildan «1 ming muhandis-konstruktor» dasturi işga tuşirilişini eʼlon qildi.

Dastur doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga yuborilib, ilğor texnologiyalar hamda zamonaviy işlab çiqariş tajribasini örganadi.

Bundan taşqari, nufuzli xorijiy kompaniyalarda işlayotgan yuqori malakali özbekistonlik mutaxassislarni mamlakatga jalb qiliş çoralari köriladi. Ular uçun munosib iş haqi va mehnat şaroitlarini yaratiş nazarda tutilmoqda.

Şu bilan birga, «Yangi Özbekiston», Inha, ToshTech va Turin politexnika universitetlari kabi oliy taʼlim muassasalariga yetakçi xorijiy universitetlar bilan qöşma taʼlim dasturlarini taşkil etiş, malakali mutaxassislarni jalb qiliş hamda zamonaviy muhandis-texnologlar tayyorlaşni kengaytiriş topşirildi.

Mazkur çoralar orqali Özbekiston sanoatining texnologik taraqqiyotini taʼminlaydigan yuqori malakali muhandislar korpusini şakllantiriş maqsad qilingan.