120 dan ortiq zamonaviy uskuna

NURA Electric stanoklar parkiga 120 dan ortiq yuqori texnologik uskuna kiradi. Ular orasida Yaponiyaning AMADA kompaniyasiga tegişli raqamli dastur asosida boşqariladigan stanok va presslar, şuningdek, Turkiyada işlab çiqarilgan DURMA va TESLABEND list buklaş uskunalari mavjud.

Mazkur texnologiyalar yordamida korxonada yiliga 25 520 dan ortiq qurilma işlab çiqariladi. Mahsulotlar turi esa 1 500 dan ortiqni taşkil etadi.

Korxonada 10, 35, 110 hamda 220–500 kV kuçlanişli energetika obyektlari uçun komplekt taqsimlaş qurilmalari, transformator nimstansiyalari, rele himoyasi va avtomatika şkaflari kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Kompaniya loyihalaşdan boşlab işlab çiqariş va 24/7 servis xizmatigaça bölgan töliq siklni yölga qöygan. Mahsulotlarning mahalliylaştiriş darajasi 60 foizgaça yetkazilgan.

photo_2026-10-02_18-03-59
Foto: NURA Electric

Mahalliy mutaxassislar va eksport

Korxona vakillarining taʼkidlaşiça, NURA Electric 2021-yilda taşkil etilgan. Bugungi kunda majmuada 1 mingdan ortiq xodim mehnat qilmoqda. Zavod yuqori va past kuçlanişli elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş bilan birga, ularni MDH va Yevropa davlatlariga eksport qiliş imkoniyatiga ega. Loyiha doirasida xomaşyoni qayta işlaşdan tortib tayyor mahsulotgaça bölgan jarayonlarni bir korxonaning özida amalga oşirişga eʼtibor qaratilgan.

NURA Electric zavodi vakili Farrux Karimberdiyevning taʼkidlaşiça, işlab çiqariş majmuasining muhim jihatlaridan biri import örnini bosiş va texnologik mustaqillikni kuçaytirişdir.

“Korxonaga tayyor rulon körinişidagi metall xomaşyo kirib keladi va undan şu yerning özida energetika tizimlari uçun zarur bölgan turli uskunalar va texnik yeçimlar işlab çiqariladi. Mazkur jarayonlarda mahalliy mutaxassislar faol iştirok etmoqda. Ular zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş böyiça tegişli tayyorgarlik va sertifikatlaşdan ötgan. Bu orqali Özbekistonda nafaqat zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarilmoqda, balki yuqori texnologik işlab çiqariş uçun zarur bölgan mahalliy mutaxassislar bazasi ham şakllanmoqda”, – deya taʼkidladi u.

photo_2026-10-02_18-04-09