Bu Markaziy Osiyo volfram sanoatidagi birinçi şunday natijadir.
Jahon bozorida metallning sifati va narxi bilan birga, uning qayerdan kelgani, qanday şaroitda işlab çiqarilgani va xaridorga qay tarzda yetkazib berilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yirik sanoat kompaniyalari xomaşyo yetkazib beruvçilarni tanlaşda taʼminot zanjirining şaffofligi va masʼuliyatli xarid tamoyillariga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Özbekiston texnologik metallar kombinati erişgan natijaning ahamiyati ham şu bilan boğliq. RMAP Conformant maqomi korxonaning mineral xomaşyoni masʼuliyatli yetkazib berişga doir tegişli talablarga muvofiqligi mustaqil audit orqali baholanganini anglatadi.
Bu maqom Özbekiston uçun qanday imkoniyatlar yaratadi?
Xalqaro bozorga çiqişda işlab çiqariş quvvati va mahsulot sifati bilan bir qatorda, xaridorning işonçi ham muhim. Yangi maqom Özbekiston volframining xalqaro xaridorlar uçun işonçli taʼminot manbai sifatidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, u yirik sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, yangi xaridorlar bilan aloqalar örnatiş va eksport bozorlarini kengaytiriş uçun qöşimça asos yaratadi. Bu, ayniqsa, yetkazib beruvçilarga masʼuliyatli taʼminot böyiça talablar qöyadigan kompaniyalar bilan işlaşda ahamiyatlidir.
RMAP tizimining Yevropa komissiyasi tomonidan ham rasman tan olingani uning xalqaro taʼminot zanjirlaridagi ahamiyatini oşiradi.
Bu eʼtirof Özbekiston volframining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlaş va xalqaro xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida








