Kanadaning grizlilar köp yaşaydigan çekka hududi - Bella-Kula vodiysida bir yil içida ikkinçi fojia yuz berdi. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida 31-oktabr kuni sayrga çiqqan ona va qizni urğoçi grizli va uning uç bolasi öldirdi. Tergov ötkazgan rasmiylarga köra, ayiqlar ularga, ehtimol, ölja sifatida taşlangan. Bu esa juda kam uçraydigan holat.

Tergov natijalarini Britaniya Kolumbiyasi tabiatni muhofaza qiliş xizmati 10-noyabr kuni eʼlon qildi. Xizmat inspektori Jeff Tayrning aytişiça, bir hafta davomida 12 nafardan ortiq inspektor oğir relef va yomon ob-havoga qaramay dalil yiqqan. Ona grizli va uning uç bolasi 7–8-noyabrda - dam oliş kunlarida tutib olingan. Yiğilgan dalillar va DNK tahlili aynan şu tört ayiqni 48 yoşli Jennifer Balkarras va uning 20 yoşli qizi Sela Ridning ölimiga qatʼiy boğladi.

Veterinar va biologning dastlabki bahosiga köra, ona ayiq 20 yoşga yaqinlaşib qolgan. Uning aniq yoşi laboratoriyada aniqlanadi. Uning bolalari esa 2026-yilda tuğilgan, hali bir yoşga tölmagan. Rasmiylar törttala ayiq ham öldirilganini aytgan. Lekin aynan qanday usulda öldirilgani oçiqlanmagan.

«Juda kam uçraydi»

New York Times’ning yozişiça, tergov hujumning xarakteri haqida ham xulosa çiqargan. Tayrning sözlariga köra, bu hujum, ehtimol, yirtqiçlik xulqi bilan boğliq bölgan, yaʼni ayiqlar odamlarga ölja sifatida qaragan bölişi mumkin. «Aytişim mumkinki, bu juda kam uçraydi. Yaʼni [hujum] qanday boşlanganini bilmaymiz, lekin qanday tugaganini bilamiz», dedi u onlayn brifingda.

Foto: Britaniya Kolumbiyasi tabiatni muhofaza qiliş xizmati

Grizli hujumlari odatda boşqaça keçadi. Provinsiya atrof-muhit vazirligi maʼlumotiga köra, grizlilar bilan töqnaşuvlar nisbatan kam uçraydi va asosan hayvon çöçib ketganda yoki bolalari va yemişini himoya qilganda yuz beradi. Ayiq xavfsizligi böyiça kanadalik mutaxassis Kim Titçener ham ilgari bolali urğoçi grizlilar hujumi deyarli har doim himoyaviy bölişini taʼkidlagandi. WildSafeBC dasturi maʼlumotiga köra esa provinsiyada ölim bilan yakunlangan grizli hujumlari örtaça beş yilda bittadan kam qayd etiladi.