Gadi Ayzenkot kim va u Isroilning yangi boş vaziri böladimi?
|20:191 55015 min
Isroil prezidenti Işoq Hersog boş vazir Binyamin Netanyahuning asosiy raqibi Gadi Ayzenkotga yangi hukumatni şakllantirişga topşiriq berdi. Ötgan oy oxirida bölib ötgan saylovlar mamlakatni siyosiy boşi berk köçaga olib kirib qöygandi: partiyalarning heç birida parlamentda köpçilik örinlarni qölga kiritiş orqali yakka özi hokimiyatga keliş imkoniyati bölmadi.
BBC/Getty ImagesBBC/Getty Images
Ikki hafta oldin bölib ötgan saylovda Netanyahuning öng koalitsiyasi Ayzenkot partiyasini kiçik farq bilan ortda qoldirdi: hukmron koalitsiya 53, muxolifat bloki esa 48 mandat qölga kiritgan. Tomonlardan biri hukumatni mustaqil şakllantirişi uçun esa 120 örinli Knessetda kamida 61 mandatga ega böliş talab etiladi.
Ötgan haftada Isroil prezidenti Işoq Hersog siyosiy partiyalar bilan ötkazilgan maslahatlaşuvdan keyin yangi hukumatni şakllantiriş imkoniyati birinçi galda Ayzenkotga taqdim etilişini maʼlum qildi.
Prezident maʼmuriyati bayonotida aytilişiça, u bu qarori haqida Ayzenkotni ham, Netanyahuni ham xabardor qilgan. Maʼlum bölişiça, maslahatlaşuvlarda Knessetning yangi tarkibidagi deputatlardan 67 nafari Ayzenkotni, 46 nafari Netanyahuni boş vazir lavozimiga tavsiya qilgan.
Isroil prezidenti koalitsiyani şakllantiriş uçun eng yaxşi imkoniyatga ega deb hisoblagan nomzodini tanlaş vakolatiga ega va bunday vazifa eng köp mandat olgan partiya rahbariga berilişi şart emas.
Endi Ayzenkotda yangi hukumatni şakllantirişga urinib köriş uçun 28 kun muddat bor, bu muddat yana 14 kunga uzaytirilişi ham mumkin.
Bu safargi saylovlarda Isroil armiyasi boş ştabining sobiq boşliği, 66 yoşli Gadi Ayzenkot sönggi öttiz yillikning katta qismida Isroilni boşqargan odamga kutilmagan çaqiriq taşladi.
Siyosiy maydonda Ayzenkot nisbatan yangi: uning siyosiy faoliyati 2022-yilda, «Milliy birlik» partiyasidan Knesset deputatligiga saylanganida rasman boşlangandi. Keyinçalik u «mafkuraviy kelişmovçiliklar» tufayli partiyani tark etadi.
Ötgan yili markazçi «Yaşar» partiyasini tuzgan Ayzenkot bu yil Netanyahuning saylovdagi asosiy raqibiga aylandi.
Netanyahu sönggi yillarda korrupsiya holatlarida ayblandi (u buni rad etadi) va Hamasning 2023-yil 7-oktabrdagi hujumi bilan boğliq xatti-harakatlari uçun tanqidga uçradi. Bundan taşqari, sud tizimidagi islohotlari ommaviy norozilik namoyişlarini keltirib çiqardi.
Biroq, beş farzand otasi bölgan Ayzenkotni saylovda Netanyahuga qarşi çiqişga şaxsiy fojiasi ham undadi: uning kenja öğli, katta serjant Gal Ayzenkot 2023-yil dekabr oyida Ğazo sektori şimolida asirlikda vafot etgan ikki isroillikning jasadlari qoldiqlarini olib çiqiş vaqtida röy bergan portlaş oqibatida halok bölgandi.
Mavzuga oid
Foto: Reuters
Ayzenkotning kenja öğli Gal 2023-yilda Ğazo sektorida halok bölgan. Fotoda öğlining dafn marosimida yiğlayotgan Gadi Ayzenkot
Ğazodagi amaliyotlar davomida öğli Galdan taşqari yana ikki jiyani halok bölgani Ayzenkotda Netanyahu hukumati Hamasning misli körilmagan hujumining oldini ola olmagani haqidagi fikrni mustahkamlaydi va uning siyosiy ambitsiyalarini kuçaytiradi.
Netanyahu va uning kabinetini javobgarlikka torttiriş uning vazifalari röyxatidan örin olgan. 7-oktabr voqealaridan keyin Ayzenkot milliy birlik ramzi sifatida boşqa muxolifat vakillari bilan birga boş vazirning harbiy kabineti tarkibiga kirgandi. 2024 iyunida esa isteʼfo beradi va Netanyahuni Hamas tomonidan garovga olinganlarni qutqariş uçun yetarliça tezkor harakat qilmaganlikda ayblaydi.
«Uning boşqaruvi davrida ayollar va bolalar öğirlab ketildi, u esa ongli ravişda ularni ozod qiliş uçun zarur çoralarni körmadi», – degandi u Times of Israel naşriga. Netanyahuning özi bir neça bor bunday daʼvoni rad etgan.
Foto: Getty images
Ayzenkot (öngda) 2015-yildan 2019-yilgaça Netanyahu hukumatida Boş ştab boşliği lavozimida işlagan.
Netanyahuning taʼkidlaşiça, harbiy kabinet aʼzosi bölganida Ayzenkot Ğazodagi asosiy harbiy operatsiyalarga qarşi çiqqan. Uning sözlariga köra, Ayzenkotning yondaşuvi bilan Hamasni zaiflaştirib bölmasdi.
«Ğazoni işğol qilganimizda Gadi Ayzenkot va boşqalar nima deganini eslayman... Ular biz şunçaki kelişuv tuzib, garovdagilarni olişimiz va Ğazoni tark etişimiz - butun Ğazoni tark etişimiz kerakligini aytişgandi», – degandi Netanyahu iyun oyida bölib ötgan matbuot anjumanida, deya eslatadi Times of Israel.
Netanyahuning qöşimça qilişiça, bunday strategiyaga amal qiliş «butun Hamas» va uruş davomida Isroil tomonidan öldirilgan yuqori martabali qömondonlar «hali ham öşa yerda, hali ham tirik va hali ham hokimiyatda» bölişini anglatardi.
Yaqinda Isroilning Ynet News saytiga bergan intervyusida Ayzenkot Netanyahuning sözlarini rad etdi va boş vazirni harbiy kabinetdagi muhokamalar bayonnomalarini eʼlon qilişga çaqirdi. Saylovdan bir neça kun oldin esa agar saylanadigan bölsa, 18 oy içida Hamas boşqaruviga çek qöyişga vaʼda berdi.
Ayzenkotning ustuvor yönalişlari
Ayzenkotning siyosiy faoliyatini kuzatib borgan eng maşhur isroillik jurnalistlardan biri Nadav Eyalning aytişiça, öz yaqinlarini yöqotişi sobiq harbiyga «maqsad va missiya tuyğusi»ni bergan.
Eyalning qöşimça qilişiça, bu missiya «Yaşar» partiyasi Knessetda koalitsiya tuziş uçun yetarliça örinlarni qölga kiritişi va amaldagi boş vazir ağdarilişi bilan çeklanmaydi.
Netanyahu kabi Ayzenkotning ham Ğazo kelajagi böyiça har qanday reja Hamasni öz içiga olmasligi kerakligiga işonçi komil.
«Uning öğli Hamas tomonidan boşlangan uruşda Hamas tomonidan öldirilganini hisobga oliş kerak», – degan Eyal BBC uçun intervyuda.
Bundan taşqari, isteʼfodagi general «ikki xalq uçun ikki davlat yeçimi»ni (Falastin davlatini tan oliş) qöllab-quvvatlab çiqiş qilmagan. Isroil naşrlari xabar berişiça, avgust oyi oxirida hali ham bunday imkoniyatga işonadigan odamni «soğ deb hisoblamasligi»ni aytgan. Ammo u Isroilning Falastin muxtoriyati bilan munosabatlarini «qayta körib çiqiş» niyatida ekanini aytgan.
«Falastin muxtoriyatiga 2,8 million falastinlikni boşqariş imkoniyati berilişi kerak. Men ularni boşqarişni xohlamayman», – degandi u oktabr oyida Times of Israel gazetasiga bergan intervyusida.
Ayzenkot Isroil qonunçiligi va milliy manfaatlariga mos kelişi şarti bilan yirik aholi yaşaş manzillarini kengaytirişni qöllab-quvvatlasa-da, u Ğarbiy Sohilning baʼzi hududlarida yahudiy köçmançilarini köpaytiriş böyiça bahsli rejalarga, xususan, Quddus şahri şarqidagi E1 deb ataladigan hududdagi aholi yaşaş manzillarini kengaytirişni davom ettiriş rejasiga qarşi çiqqan.
Uning Ye1 hududida aholi yaşaş manzillariini kengaytirişni istamasligi xalqaro hamjamiyatning salbiy munosabatiga javoban yon berişdek körinadi, biroq yaqinda u «yahudiy terrorçilarini Yahudiya va Samariyadan (Isroildagilar bosib olingan Ğarbiy Sohilni şunday ataydi) haydab yuboriş»ga vaʼda berdi.
Uning saylovoldi vaʼdalaridan biri – 7-oktabr kungi hujum böyiça tergov boşlaş bölib, unda Isroil hukumati tomonidan yöl qöyilgan ehtimoliy xatolarga baho berilişi közda tutilgan.
Isroildagi yirik naşrlar BAA va Misr hukumatlari Netanyahuni öz vaqtida Ğazo sektoridan hujum qilinişi mumkinligi haqida ogohlantirgani haqida xabar tarqatgandi.
Boş vazirning özi bu daʼvolarni rad etgan va bu maʼlumotni birinçi bölib eʼlon qilgan gazetani sudga bergan. Bundan taşqari, u sud organlari unga nisbatan xolis bölmasligini iddao qilib, Isroil Oliy sudi rahbarligida davlat tergovi ötkazilişini izçil ravişda rad etib keldi.
«Bu saylov – masʼuliyat va masʼuliyatdan qoçiş örtasidagi tanlovdir», – deydi Ayzenkot.
Foto: Reuters
Ayzenkot – 2023-yil 7-oktabrdagi hujumlar böyiça tergov ötkaziş tarafdori bölgan köplab isroillik siyosatçilardan biridir.
10 ta banddan iborat rejasida Ayzenkot yuqori malakali isroilliklarning mamlakatdan çiqib ketişi muammosini hal qiliş va yangi muhojirlar oqimini rağbatlantirişga qaratilgan favqulodda dasturni işga tuşirişga vaʼda bergan.
Bundan taşqari, u ultraortodoksal yahudiylar hamda Isroil arablarini harbiy xizmatdan ozod qiliş qoidalarini bekor qilmoqçi.
«Yana bir qadamimiz Isroilning barça fuqarolari uçun umumiy xizmat – harbiy, milliy yoki fuqarolik xizmati, şu jumladan arablar uçun milliy xizmat töğrisidagi qonunni qabul qiliş böladi», – degan u Times of Israel gazetasiga.
Harbiy xizmatni kengaytiriş böyiça avvalgi urinişlar ultraortodoksal jamoalarning qatʼiy noroziligini keltirib çiqargandi.
Oddiy oiladan çiqqan
Foto: Reuters
Gadi Ayzenkot va Binyamin Netanyahu örtasidagi poyga juda keskin keçdi va ularning heç biri Knessetda mutlaq köpçilikni qölga kirita olmadi.
Ayzenkot Tveriyada tuğilgan va Eylatda ösgan – bular Isroilning asosiy siyosiy markazlari hisoblangan Quddus va Tel-Avivdan uzoqda joylaşgan şaharlar. U 1950-yillarda Marokaşdan köçib kelgan qaşşoq muhojirlar farzandi.
Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mamlakatlaridagi yahudiylar jamoalari «mizrahiylar» deb ataladi. Şu vaqtgaça bunday yahudiylar biror marta Isroil boş vaziri bölmagan.
New Yorker naşri muharriri, saylovoldi kampaniyasi paytida Ayzenkot bilan suhbatlaşgan Devid Remni qayd etişiça, Ayzenkot
Netanyahuning Isroil jamiyatidagi mizrahiylar kabi kam taʼminlangan qatlamlar himoyaçisi sifatidagi pozitsiyasiga qarşi çiqdi, Netanyahuning bu pozitsiyasi özi Şarqiy Yevropadan kelgan yahudiy muhojirlar avlodi ekani va Quddusning nufuzli tumanida ösgani bilan mos kelmaydi.
Isroil naşrlariga köra, azaldan Netanyahu boşçiligidagi «Likud» partiyasini qöllab kelgan mizrahiylar Ayzenkotni «özimizniki» deb qabul qilgan.
«Ota-onam Marokaşdan köçib kelişgan va men ular va öz kelib çiqişim bilan faxrlanaman, lekin eng avvalo, biz Isroilga mansubligimiz bilan faxrlansak, xursand bölardim», – degandi Ayzenkot şu yil boşida «Kanal 13» telekanaliga.
Harbiy karyera
Foto: Reuters
Ayzenkot 7-oktabrdagi hujumlardan keyin Ğazoga bostirib kirilişini qöllab-quvvatlagan va Falastin davlati taşkil etilişiga qarşi çiqqan
Ayzenkot 18 yoşida Isroil armiyasiga xizmatga kirgan, 40 yil xizmat qilib, Boş ştab boşliği lavozimigaça (2015–2019-yillarda) kötarilgan.
2000–yillarda u Ğarbiy Sohildagi Isroil qöşinlariga qömondonlik qilgan, falastinliklarning tört yil davom etgan isyoni (ikkinçi intifada) şu davrga töğri keladi, öşan 1000 ga yaqin isroillik va 3000 dan ortiq falastinlik halok bölgandi.
Keyinroq Ayzenkotning nomi «Dahiya doktrinasi» bilan assotsiatsiya qilina boşlaydi, bu atama «Isroil öziga zarba berilayotgan» hududlardagi fuqarolik infratuzilmasiga qarşi harbiy kuç işlatişni nazarda tutadi.
Taʼkidlaş kerakki, Ayzenkot Netanyahuni tanqid qilganiga qaramay, Isroilning 7-oktabrdagi hujumga harbiy javobiga heç qaçon qarşi çiqmagan.
2023-yil 7-oktabrida Hamas aʼzolari uyuştirgan hujum oqibatida 1 200 dan ortiq kişi halok bölib, 251 kişi garovga olingandi.
Bunga javoban Isroil Ğazo sektorida harbiy amaliyot boşladi. Hamas nazoratidagi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, uşbu kampaniya davomida 74 200 kişi halok bölgan; BMT bu maʼlumotni işonçli deb hisoblaydi.
«Biz himoyalanişga majburmiz. Bularning barçasi nimadan boşlanganiga qaraş kerak», – degandi Ayzenkot Times of Israel gazetasiga.
«Ayzenkot – Netanyahu emas», ammo u «Ğarbiy sohilda ham, Ğazoda ham xuddi şunday ekspansiya va vayrongarçilik siyosati»ga yöl qöyadi, deb yozadi Britaniyadagi Guardian gazetasi jurnalisti va teleboşlovçi Mehdi Hasan.
Economist naşrining Isroildagi muxbiri va Netanyahuning biografiyasi muallifi Anşel Pfeffer esa Ayzenkot «patsifist emasligi»ni taʼkidlagan.
«Lekin u jiddiy odam taassurotini ham uyğotadi. [...] Bundan taşqari, u elitadan emas, şuning uçun uni tuhmat kampaniyasi nişoniga aylantiriş juda qiyin», – deydi Pfeffer BBC uçun intervyuda.
U Ayzenkot Netanyahuning bevosita raqibi sifatida paydo bölişi biroz kutilmagan holat bölganini qayd etadi: «Olti oy oldin ham ehtimoliy raqib [sobiq boş vazir] Naftali Bennet edi. Ammo, aftidan, Ayzenkot kerakli vaqtda saylovçilar eʼtiborini qozondi».
Ayzenkotni köpinça «anti-Netanyahu» deyişadi: u diqqat markazida bölişni yoqtirmaydigan va siyosiy notiq hisoblanmaydigan odam. Eyalning hisoblaşiça, Ayzenkotga hatto siyosatçi böliş ham yoqmaydi.
Siyosiy savdo
Foto: Reuters
Netanyahu özi qatnaşgan önta saylovdan oltitasida hukumat tuzişga muvaffaq bölgandi.
Sörovlardagi yaxşi natijalarga qaramay, Ayzenkotning partiyasi 120 nafar deputatdan iborat böladigan Knessetda mutlaq köpçilikni qölga kirita olmadi – hukumat şakllantiriş uçun 61 örin kerak böladi, bu esa azaldan partiyalarni koalitsion hukumat tuzişga majbur qilib keladi.
Binyamin Netanyahu esa saylovdan keyingi manyovrlarga usta: u «Likud» partiyasi yetakçisi sifatida 10-marta umummilliy saylovda qatnaşib, olti marta koalitsion hukumat tuzişga muvaffaq bölgan, jumladan, 2009-yilda uning partiyasi asosiy raqibiga qaraganda kamroq örin olganida ham.
Saylovdan bir neça hafta oldin Netanyahuning saylovoldi ştabi Ayzenkot hukumat şakllantiriş uçun arab partiyalari tomonidan qöllab-quvvatlanişga muhtoj bölişiga eʼtibor qaratdi.
Isroilda yaşovçi ikki milliondan ortiq arablar (mamlakat aholisining taxminan 20 foizi) arab partiyalari uçun ovoz beradi. Bu saylovlarda ular Knessetda rekord darajadagi 19 örinni qölga kiritdi.
«Siz yahudiylar davlatini xohlaysizmi yoki Falastin davlatini?» – deya savol bergandi boş vazir Ayzenkotga saylovoldi videoroligida.
Ayzenkot öz çiqişlarida arab partiyalarining öz hukumatiga kirişi imkoniyatini istisno qilgan, ammo ozçilik hukumati tuziladigan taqdirda Netanyahuga qarşi Knessetda ittifoq tuziş uçun eşikni butunlay yopmagan.
«Netanyahu öz tarafdorlarini unga ovoz beriş – hayot-mamot masalasi ekaniga işontira oliş qobiliyati tufayli hokimiyatini saqlab kelmoqda», – deydi Tel-Avivdan bölgan siyosiy tahlilçi Daliya Şeyndlin BBC’ga.
Biroq, bu safar, uning sözlariga köra, Ayzenkotning tarjimayi holi boş vazir uçun vaziyatni murakkablaştirişi mumkin: «Isroil davlati taşkil topganidan beri harbiy rahbarlar Isroil jamoatçiligining armiyaga bölgan yuqori darajadagi işonçi tufayli jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlanadi».
Munosabatlarni yölga qöyiş
Ayzenkotning ğalabasi Isroil va xalqaro hamjamiyat örtasidagi munosabatlarni yaxşilaşga yordam beradimi? Britaniyaning Chatham House tadqiqot markazining xalqaro munosabatlar böyiça eksperti, isroillik professor Yossi Mekelberg BBC’ga bergan izohida bunday imkoniyat mavjudligini aytdi.
Ammo u «darhol özgarişlar bölişi»ni kutmaslik kerakligini aytib, Netanyahuning ketişi Isroil tomonidan kutilgan qadamlar taşlanişiga kafolat bermasligini qayd etgan.
«Men muxolifat partiyalaridan birortasi, jumladan, Ayzenkotning partiyasi ham Netanyahuga aniq muqobil taklif qilayotganiga işonmayman. Agar Ayzenkot ğalaba qozonsa, u Ğarbiy Sohildagi yahudiy aholi yaşaş manzillari böyiça qatʼiy çoralar körişi va Ğazo sektoridagi vaziyatni yaxşilaşi kerak böladi», – deydi u.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi