Nepaldagi zilzila oqibatlari

Kun.uz: Nepaldagi zilziladan jabr körganlar soni  14 mingdan oşib ketdi. Bu haqda Nepal Favqulodda vaziyatlar milliy markazi xabar berdi.

“Yangi ma'lumotlarga köra, 6 ming 250 kişi halok bölgan va 14 ming 357 kişi jabrlangan”, – deb aytilmoqda markazning Tvitterdagi blogida.

Nepaldagi zilzila oxirgi 80 yil içida sodir bölgan eng kuçli zilzila böldi. Ma'lumotlarga köra, tabiiy ofat 138 mingdan köproq uy va davlat taşkilotlari joylaşgan 10 mingdan köproq binoni butunlay vayron qilgan.

Avvalroq, Nepal boş vaziri Suşil Koirala zilzila oqibatida halok bölganlar oilalariga 100 ming rupiy (1 ming dollar) kompensatsiya puli hamda halok bölgan yaqinlarini dafn qiliş uçun qöşimça 40 ming rupiy (400 dollardan)dan pul berişini e'lon qilgandi.

Öz navbatida, Nepal Moliya vaziri Ram Şaran Maxat Nepalga zilzila oqibatlarini bartaraf qiliş uçun, şu jumladan uylar, şifoxonalar, hukumat muassasalari, tarixiy binolarni qayta tiklaş uçun 2 mlrd dollar zarur bölişini ma'lum qilgandi.