25044

Kun.uz: Belarus Rossiya bozoriga işonibgina qolmasdan, özining mahsulotlarini boşqa davlatlarga eksport qilişni rejalaştirmoqda. Mamlakat Rossiya bozorida 2015 yilning dastlabki ikki oyida 900 mln dollar yöqotgan. Bu haqda “Belarus 1” telekanali efirida Belarus boş vaziri Andrey Kobyakov aytib ötdi.

Andrey Kobyakovning sözlariça, hukumat Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Şimoliy Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan 5 mlrd dollarlik eksport darajasiga çiqiş vazifasini qöydi. Kobyakov hukumat Belarus mahsulotlari uçun 56 ta istiqbolli bozorni belgilab olganini ma'lum qildi. Boş vazirning aytişiça, Belarus 2015 yilning dastlabki ikki oyida uşbu 56 ta bozorga 107 mln dollarlik mahsulot yuborgan.

Kobyakov mamlakat hukumati va Milliy banki qat'iy pul-kredit siyosatini ötkazişini va bu siyosat milliy valyutaning oldindan aytsa böladigan kursiga va inflyatsiyaning maqbul körsatkiçlariga olib kelişini aytmoqda.