Toşkent şahrining eng körkam, eng obod manzillaridan bölmiş Matbuotçilar köçasi va uning atrofi kişida özgaça şukuh, özgaça yoqimli kayfiyat uyğotadi. Bu yerni bemalol, beistihola Toşkentning gavhari deyiş mumkin.
Bir yonda Matbuotçilar uyi, “Poytaxt” supermarketi, yana bir yonda Toşkent Davlat Yuridik universiteti. U yoği “Amir Temur” xiyoboni, bu yoni Mustaqillik maydoni. Xullas daraxtlar soya-salqinida orom olib, sayr etadigan, kun davomida paydo bölgan çarçoqlarni çiqarib, hordiq çiqaradigan maskan.
Ammo ana şu hududda axlatlar uyumi döppayib turibdiki, bu kişida yoqimsiz his uyğotadi. Bu axlatlar qayerdan kelib qolgani noma'lum. Ularni kim taşlaydi va nega aynan şu yerga yiğişadi? Yiğilgan axlatlarni nega olib ketişmaydi?
Axlatlar uyumi orasida turli xil narsalarni uçratiş mumkin. Böşab qolgan ovqat idişlarini-yu, ğijimlab taşlangan içimlik qutilarini ham. Tsellofan paketlar bilan dunyo ahli kuraş olib borayotgan bir paytda paketlardan kökka yetaman degan axlat uyumi haqida yana nima deyiş mumkin? Şamol bu paketlarni uçirib, ularni yanada keng maydonga tarqalişiga sabab bölayapti. Ariqlar içiga tozalaş bahonasida yaşirilgan axlatlarga nima deysiz?
Bu kabi holatlar kuzatilmasligi uçun tegişli idoralar, mutasaddi taşkilotlar tuzilgan va ularning faoliyati qonun yöli bilan mustahkamlab qöyilgan. Axlatlarning bunday uyumi ularning öz işlariga yetarliça ahamiyat qaratişayotganiga şubha uyğotadi.
Balki oşirib yuborayotgandirmiz, ammo suratlarni inkor etib bölmaydi-ku...

Bu kimlar uçundir arzimas, “mayda-çuyda” gap körinar. Biroq bir narsani sira unutmaslik lozim. Har qanday katta muammo ana şunday befarqlik oqibatida kelib çiqadi. Bu aniq, bu isbotlangan, bu real haqiqatdir.
Sarvar Anvar öğli Foto: Sanjar Şotölaganov





