Bahrom-Ismailov-10

Kun.uz: Rossiyalik huquqşunos, “Irqçilik va ksenofobiyasiz mamlakat” jamoat harakati koordinatori Bahrom Ismoilov Redpen.uz saytiga bergan intervyusida öz faoliyati haqida sözlab berdi. Joriy yilning aprelida Bahrom Ismoilov prodyuserligida Rossiyadagi mehnat muhojirlariga zuğum ötkazilişiga qarşi videolavha internetga joylaştirilgan edi. Bu video millionlab odamlar tomonidan körib çiqilib, ma'lum şuhratga erişdi. Öz navbatida, Ismoilovning nomi ham internet ahliga taniş bölib qoldi.

Bahrom-Ismailov-2
Bahrom-Ismailov-12

“Bizning jamoatçilik harakatimiz irqçilik va ksenofobiyaga qarşi kuraşadi, - dedi huquqşunos muloqot çoğida. - Rossiyaning köp millatli aholisini taşkil qiluvçi deyarli barça gurular bu illatning qurboni bölişi mumkin, şu jumladan ruslar ham – ruslarga bölgan nafrat ksenofobiyaning boşqa turlaridan aytarli farq qilmaydi. Şunga qaramay, men har doim takrorlayman: Özbekistonda tuğilib ösganimdan faxrlanaman. Temur Ismanov aytganidek, har bir özbek mening qardoşim, özbek qizi esa singlim”.“Afsuski, oxirgi paytlarda Rossiya jamiyatida mening xalqimga qarşi ksenofobiya kayfiyatlari ösib bormoqda, - qöşimça qildi u. – Menga bu narsalarni çetdan kuzatib turiş oğirlik qiladi, bundan taşqari, ularning bari sun'iy ekanligiga işonçim komil, negaki rus va özbek xalqlari tarixan yaqin bölganlar. Baxtimizga, davlat bizga tösqinlik qilmayapti, lekin yordam ham bergani yöq. Umuman, davlatning öz funksiyalari bor”.

xab-4