
Kun.uz: XXR taşqi işlar vaziri örinbosari Çen Gopinning ta'kidlaşiça, Rossiya va Xitoy örtasidagi ikki tomonlama aloqalardan butun dunyo namuna olsa arziydi. Seşanba kuni Xitoy taşqi işlar vazirligida an'anaviy Lanting forumi ötkazildi. Forumning bu safargi mavzusi Ikkinçi Jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 70 yilligi böldi. Forumda Rossiyaning XXRdagi elçisi Andrey Denisov iştirok etdi. Forumda ma'ruza qilgan Çen Gopin Ikkinçi Jahon uruşi yakunlarini qayta körib çiqişga bölgan xatti-harakatlarni qoraladi. Şuningdek, u Rossiya va Xitoy örtasidagi aloqalarga töxtalib ötdi. “Rossiya va Xitoy örtasidagi aloqalarning asosini bloklarga qöşilmaslik prinsipi, qarama-qarşilikning yöqligi va uçinçi mamlakatlarga qarşi turmaslik prinsiplari yotadi. Mana şular asosida bizning aloqalarimiz har tomonlama hamkorlik va strategik birlik bosqiçiga kötarildi. Bu qöşni davlatlar örtasidagi butun dunyo namuna olsa arziydigan aloqalardir”, - deb Çen Gopin öz çiqişida.








