Germaniyaning avtomobil işlab çiqaruvçi BMW AG, Audi AG va Mercedes-Benz korporatsiyalari Finlyandiyaning Nokia Corp. kompaniyasiga tegişli kartografiya bölinmasi – Here’ni sotib olmoqçi. Bu haqda MarketWatch portali ma'lumot bermoqda.
Yuqoridagi avtokonsernlardan taşqari, Xitoyning Baidu Inc. texnologik guruhini ham öz içiga oluvçi investorlar konsorsiumi Here bölinmasini 2 mlrd dollarga baholamoqda.
Muzokaralarning asosiy qismi ötib bölgan. Keyingi 2 hafta içida uzil-kesil kelişuvga erişilişi aytilmoqda.
Taxmin qilinişiça, avtokonsernlar bölinma aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi, Nokia, Baidu va yana bir investor esa minoritar aksiyalarni qölga kiritadi.
Germaniya avtokonsernlarining fikriça, kartografiya bölinmasining sotib olinişi ularga Google’dan bir qada oldinda bölişga imkon beradi.






