Xalqaro soğliqni saqlaş taşkilotining başoratiga köra, 2030 yilda Yevropada semizlik ulkan muammoga aylanadi.
“Bizning tadqiqotlarimiz Yevropada semizlikning köpayişi xavotirli miqyos kasb etib borayotganini körsatmoqda. Uşbu tendensiyani bartaraf qiliş uçun zudlik bilan çoralar köriş talab etiladi”, - deb izohladi yangilikni UK Health Forum mutaxassisi Lora Uebber.
The Daily Express naşrining ma'lumot berişiça, eng xavotirli vaziyat Irlandiyada kuzatilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2030 yilga kelib mamlakatdagi 89 foiz erkak va 85 foiz ayol semizlikdan aziyat çekadi. Buyuk Britaniyada bu körsatkiçlar 74 va 64 foizni taşkil etadi.
Eskpertlar 57 mamlakatga doir ma'lumotlarni töpladilar. Semizlik muammosi eng jiddiy tus oladigan mamlakatlar qatorida Gretsiya, Ispaniya, Şvetsii, Avstriya va Çexiya bölişi aytilmoqda. Niderlandiyada esa, aksinça, semizlik muammosi sekin-asta kamayib boradi. 2010 yilda mamlakat aholisining 54 foizi semizlikka yöliqqan bölsa, 2030 yilda bu körsatkiç 59 foizni taşkil qiladi.