Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Içki işlar vazirligining moliyaviy-iqtisodiy siyosati va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlaş departamenti boşliği Svetlana Perovani öz lavozimidan ozod etdi. Bu haqda huquqiy axborot internet-portalida ma'lum qilindi.

Perova Rossiya militsiyasi tarixida general-mayor hamda general-leytenant unvonlarini olgan birinçi ayol hisoblanadi. Perovaga Boris Yeltsin tomonidan “Rossiya Federatsiyasining xizmat körsatgan iqtisodçisi” faxriy unvoni berilgan.
Avvalroq Putin 20 ga yaqin generalni öz lavozimidan ozod qilgani ma'lum qilingandi.






