Özbekiston tijorat banklari 2020 yilga qadar bank nazorati böyiça “Bazel-III” standartlarini bosqiçma-bosqiç joriy etişlari kerak. Bu haqda Özbekiston Prezidenti tomonidan 2015 yil 6 mayda imzolangan qarorda belgilab qöyilgan, deya xabar bermoqda "RIA Novosti".
Xususan, keyingi beş yil davomida regulyativ kapitalning minimal yetarlilik koeffitsiyentini 14,5 foizga (hozir 10 foiz), I darajali kapital yetarlilik koeffitsiyentining minimal körsatkiçini 11 foizga (5 foiz) yetkazilişi kerak.
Avvalroq, Özbekistonning barça tijorat banklariga 2015 yil 1 yanvariga qadar, “Bazel III” standarti normalari tatbiq etilayotgani munosabati bilan likvidlik qoplami normasini 100 foizga yetkaziş majburiyati yuklangan edi.
Qarorda qayd etilişiça, Özbekiston banklarining faoliyati töğrisidagi ma'lumotlarni oçiqligini ta'minlaş böyiça çoralar yanada kuçaytiriladi, xususan, banklar özlarining yillik va oraliq moliyaviy hisobotlarni öz veb-saytlarida yoki bank siri töğrisidagi qonunçilikka zid bölmagan boşqa yöllar bilan e'lon qilişlari kerak.
Hozirgi vaqtda Özbekiston bank tizimida 26 tijorat banki faoliyat olib bormoqda, ularning uçtasi davlat, beştasi – xorijiy kapital iştirokida, öntasi aksiyadorlik va sakkiztasi xususiy banklardir.






