Özbekiston prezidenti Islom Karimov differentsitsiya qilingan stavkalar böyiça daromad soliğini tölaş böyiça imtiyozlar muddatini 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytiriş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.
2009 yildan buyon Özbekistonning tijorat banklari uçun daromad soliği uzoq istiqbolli investitsion moliyalaştiriş uluşiga qarab kamaytirib boriladi. Uşbu imtiyoz 2015 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan edi. Endilikda uning muddati yana beş yilga uzaytirildi.
Şuningdek, Özbekiston yetakçisi tijorat banklarining Imtiyozli kredit jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratilgan kredit daromadlarini beş yilga muddatga soliqlardan ozod qildi.






