Xalqaro txekvondo federatsiyasi “SportAkkord” konvensiyasidan çiqişga qaror qildi. Bu haqda federatsiya boş assambleyasining Çelyabinskda bölib ötgan uçraşuvi yakunlariga köra ma'lum qilindi.

“SportAkkord” Boş assambleyasining 20 aprel kuni bölib ötgan yiğilişida taşkilot prezidenti Marius Vizer Xalqaro Olimpiya qömitasini qattiq tanqid ostiga oldi, xususan, u hamda uning rahbari Tomas Bax özlarining “2020 Dasturi” bilan sport federatsiyalari faoliyatiga xalaqit berayotganini aytib ötdi.

Şundan söng Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyuşmasi, Otiş va kamondan öq uziş xalqaro federatsiyasi taşkilot tarkibidan çiqiş töğrisida qaror qabul qildi. Ulardan söng “SportAkkord” tarkibini Xalqaro paralimpiya qömitasi tark etdi. Xalqaro txekvondo federatsiyasi bu qarorni qabul qilgan navbatdagi sport taşkiloti böldi.