Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko va BMT Boş kotibi Pan Gi Mun telefon orqali suhbat davomida Donbassga tinçlikparvar kuçlarning kiritilişi imkoniyatini muhokama qilişdi.

Bu haqda Poroşenko matbuot xizmati bergan xabarda aytilmoqda.

Qayd etilişiça, Pan Gi Mun “Ukraina prezidentiga Moskvaga taşrifi yakunlari haqida axborot berdi. U Kiyevdagi kabi Moskvada Minsk kelişuvlarini bajarişni qöllab-quvvatlaş böyiça BMT ofisini oçişni muhokama qilgan”. 

Avvalroq BMT kotibiyati Ukrainada Minsk kelişuvlarini bajarişni qöllab-quvvatlaş böyiça BMT ofisi oçilgani haqidagi xabarni tasdiqlay olmagandi.