Joriy bahor Özbekiston qiliçbozlik tarixida sport tadbirlariga juda boy böldi. Toşkentda aprel boşida jahon miqyosidagi katta musobaqa – kadetlar va ösmirlar örtasida jahon çempionati bölib ötdi.
Bu sport tadbiri sport doiralari va jamiyatimiz orasida birdek qiziqiş uyğotdi. Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi uçun bu çempionat katta musobaqalarni taşkil etiş va ötkaziş borasida katta tajriba maktabini ötadi.
Uşbu çempionatning ötkazilişi natijasida yurtimizda qiliçbozlik bilan şuğullanişni istovçilar soni köpayib ketdi. Biroq hozirda uşbu sport turi böyiça mavjud bölgan sport bazasi qiliçbozlik bilan şuğullanişni istovçi bunday katta oqimni qabul qiliş imkoniyatiga ega emas va Federatsiya sport maydonçalarini kengaytariş böyiça şoşilinç çoralar körmoqda.
Aprel oyi oxirida qiliçbozlik böyiça respublika yoşlar çempionati bölib ötdi. 11 mayda esa Toşkentda “Paxtakor” sport majmuasi qiliçbozlik zalida katta yoşdagi sportçilar orasida Özbekiston çempionati boşlandi.
Bu musobaqada yoş böyiça tasniflaş şartli köriniş olgan. Sportçilar uçun faqatgina pastki yoş çegarasi joriy qilinib, unga köra sportçilar 2001 yildan keyin tuğilmagan bölişlari kerak. Musobaqalarga respublikamizning turli viloyatlaridan va Toşkentdan 150 dan ortiq sportçi taşrif buyurdi.
Çempionatning birinçi kuni şaxsiy hisobda respublika çempioni unvonini qölga kiritiş uçun şpagaçilar kuç sinaşişdi. Ayollar örtasida Navoiy viloyati vakillari şohsupaning barça poğonalarini egalladilar. Malika Xakimova Özbekiston çempioni unvonini qölga kiritdi. Albina Abduraxmanonova 2-örinni, 3-örinni esa yana bir navoiylik sportçi Gulnoz Abduraxmanova va toşkentlik Veronika Rojkova egalladilar.
Erkaklar orasida namanganlik şpagaçi Roman Aleksandrov çempion böldi, toşkentlik Ruslan Kudayev kumuş medal, andijonlik Abdulvosid Nasridinov va Baxtiyor Ğaniyev bronza medalni qölga kiritdilar.
Çempionatning ikkinçi kuni şu sportçilar jamoaviy hisobda yana şpagalarini töqnaştiradi.






