Buyuk Britaniya şahzodasi Garri oila qurişga va farzandlar körişga tayyorligini, biroq hozirça u bilan birga hayotning quvonç-taşvişlarini birga baham köradigan ayolni topa olmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
“Ba'zida oila quriş vaqti kelgandek, ba'zida esa hali bunga ertadek tuyuladi. Hammasi bölişi kerak bölgan vaqtda böladi. Albatta, men hozirda farzandlarim bölişini istardim, biroq buning uçun qandaydir yölni bosib ötiş kerak”, deb aytdi Garri telekanalga bergan intervyusida.
Garrining aytişiça, uning hayotida hammasi öz örnida ketmoqda. “Yoningda hayotning quvonç-taşvişlarini birga baham köradigan insoning bölsa zör bölar edi”, deb qöşimça qilmoqda Garri.
Şahzoda harbiy xizmatdan ketiş haqida qaror qabul qiliş unga oson bölmaganini va hozirça iste'foda nima bilan şuğullanişini bilmayotganinini tan oldi.
“Men akam Uilyam bilan hamma kabi işlab maoş olişimiz, boşqa odamlar bilan işlaşimiz kerakligini his qilmoqdamiz”, deb aytdi Garri.
Avvalroq, şahzoda Garri taxtga vorislik navbatida akasining qizi Kembrij malikasi tuğilgandan keyin 4-örindan 5-öringa ötganiga izoh berib ötgan edi.






