Turkiya boş vaziri Ahmad Dovudöğlu Usmon imperiyasining asosçisi, Usmon I (Ğoziy Usmon-poşşa) ning bobosi – Sulaymon-şohning Suriyadagi maqbarasiga taşrif buyurib, “Suriya mustaqilligini jiddiy buzgan”. Bu haqda Suriya arab respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Feysal Mekdad ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, turk hukumati rahbarining Suriya hududiga Damaşq bilan kelişilmagan holda taşrif buyurişi “xalqaro me'yorlarning oçiqçasiga poymol qilinişi” hisoblanadi. 

“Turkiya ertami-keçmi Suriya mustaqilligini buzişda qilgan hamma qilmişi uçun jazolanadi”, deb aytib ötdi Mekdad. 

Anqara Suriya-Turkiya çegarasidan200 muzoqlikda, Kobanidan ğarbda joylaşgan hamda kurdlar nazorati ostida bölgan Eşma qişloğiga taşrif buyurişi haqida Suriyani ogohlantirmagan. Dovudöğlu maqbaraga taşrif buyurgani 10 mayda ma'lum bölgan edi. Boş vazir bu holat yuzasidan heç qanday ommaviy bayonot bermagan. 

Sulaymon-şoh maqbarasi 22 fevralda turk qöşinlarining 700 nafar harbiysi va zirhli texnika iştirokidagi maxsus operatsiya davomida Eşma qişloğiga köçirilib ötkazilgan edi. Bungaça Usmon I bobosining qabri Suriyada, Turkiya çegarasidan30 kmuzoqlikda Jobir istehkomi yaqinida joylaşgan edi. Bu hudud IŞID jangarilari tomonidan bosib olingan. Biroq Suriya şimolida nasroniy çerkovlar va söfiylar qabrlarini vayronaga aylantirgan IŞID jangarilari maqbaraga heç qanday şikast yetkazişmagan.     

Fevralda Suriya hukumati Turkiyaga Sulaymon-şohning qabrini köçirib ötkazişda bir tomonlama qaror qabul qilganiga e'tiroz bildirgan edi va “Sulaymon-şoh maqomi töğrisidagi 1921 yilda tuzilgan kelişuvni buzganlik uçun barça javobgarlikni” Anqaraga yukladi.

Suriya Anqarani Turkiya hududidan mamlakatga bostirib kirgan yollanma terrorçilarga harbiy-logistik kömak berayotganlikda oçiqçasiga ayblab kelmoqda. Jangarilar tomonidan Idlib şahri va Jisr-aş-Şuggur davonining bosib olinişi bunga oxirgi misol böladi. Suriya Taşqi işlar vazirligi 28 aprelda BMT Xavfsizlik kengaşiga yuborgan maktubida xalqaro hamjamiyatdan “Suriyaning şimoli-ğarbida turk qurolli aralaşuvini töxtatişga qaratilgan şoşilinç çora-tadbirlarni qabul qilişini” talab qildi. “Turk qöşinlari tomonidan jangarilarga kömak beriş BMTning mustaqil a'zo davlatiga qarşi oçiqçasiga tajovvuz hisoblanadi”, deyiladi maktubda. Suriya TIV fikriga köra, “bu BMTning terrorga qarşi kuraşga tegişli rezolyutsiyalarining Anqara tomonidan buzilişining navbatdagi isboti bölmoqda”.