Jurnalist Bobur Akmalov Oriat Dono radiosi efiri orqali özbek futbol jamoalarining qit'a miqyosidagi mağlubiyatlarini qattiq tanqid ostiga oldi.
“OFK Osiyo Çempionlar Ligasi uçun bizga törtta örin berib, bizning futbolni keragidan ortiqça baholab yuborgan ekan, – ta'kidlaydi şarhlovçi. – Buni endi bildik. Bizga yarimta yöllanma berilişi kerak. Ha, yarimta. Ana şu yarimta yöllanma uçun eng kuçli deb sanalgan klublarimiz jon olib, jon berib kuraşişlari lozim. Kuraşlarda toblangaç, Osiyo Çempionlar Ligasiga munosib bölib yagona jamoamiz çiqişi kerak”.
Bundan taşqari, u arablarning “nayranglari”, simulyatsiya qöllaşini, maydonda yotib olişini rökaç qilib, mağlubiyatini xaspöşlaşga harakat qiladigan futbol mutasaddilarini tanqidga oldi: “Bulardan har qança norozi bölsak-da, öyin bobida ular bizdan ustun ekanliklarini körsatdilar”.
Hissiyotlarga berilgan jurnalist tanqidni yanada keskinlaştirib, “futbolçilarni futbolçi deb ataşga til bormaydi”, – deb ta'kidladi.
“Şunçalik ham passiv, qiyşiq, ma'nisiz harakatlar qilgan futbolçilarni bu yil birinçi marta körayapmiz, – qöşimça qildi u. – Stadionga muxlislar kam tuşişidan nolib ötiribmiz. Ha endi bunday öyinlardan keyin kim ham tuşardi stadionga? Öynayveringlar, özingiz uçun, törtta mutaxassis, beş-olti qarindoşingiz, özingiz va murabbiyingiz uçun öynang futbolingizni. Bizga siz öynaydigan futbolning umuman keragi yöq. Bilganingizni qiling. Bu gap Osiyo Çempionlar Ligasida qatnaşgan har törtta klubga tegişli. Pişirib yeng bunday besamar futbolingizni, janoblar. Özbek futbolining şa'niga doğ tuşirişingiz jonga tegdi”.
Şuningdek, Akmalov tanqid tiğini Stanislav Andreyevga qarşi qaratdi va futbolçining “Ronalduça turişlari, ayyorona yiqilişlari hamda özini kiborlarça turişlari”ni eslab ötdi.






