Özbekiston terma jamoasi va Çimkentning “Ördaboşi” klubi futbolçisi Aleksandr Geynrix Ostona aeroportida qiyin vaziyatga tuşib qoldi. Bu haqda Informburo.kz portali xabar bermoqda.
Aytilişiça, 7 may kuni Geynrix, vizasining muddati tugaganiga qaramay, Moskvaga uçib ketişga harakat qilgan paytda çegaraçilar tomonidan qölga olingan. Dastlab uni mamlakat hududidan çiqarib yubormoqçi bölgan, ammo uning futbolçi ekanligini hisobga olib, jarima bilan çeklanişga qaror qilingan.
Ta'kidlanişiça, futbol klublarining aksariyatida öyinçilarning pasport va migratsiya tartiblariga rioya qilişi jamoaning maxsus vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Ma'lum bölişiça, Geynrix Qozoğiston hududidan 24 aprel kuni çiqib ketişi kerak edi, ammo u bu işni amalga oşirişni 13 kunga keçiktirgan.
8 may kuni Ostona tumanlararo sudi Geynrixning öz aybini tan olgani, oğir oqibatlarning yöqligi, ilgari ma'muriy javobgarlikka tortilmaganlikni hisobga olib, futbolçining advokati Muhammadyorovning jazoni yengillaştiriş haqidagi iltimosini qondirdi. Geynrix belgilangan 29 730 tanga jarimani öşa kunning özidayoq töladi.






