Futbol böyiça Angliya terma jamoasi öz muxlislarining irqçiligi tufayli 2018 yilda Rossiyada bölib ötadigan Jahon çempionatini ötkazib yuborişi mumkin. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.

Angliya terma jamoasi agar uning muxlislari Irlandiya respublika armiyasi şa'niga andişasiz sözlarni aytişdan töxtamasa bunday oğir jazoga tortilişi mumkin.

Avvalroq FIFA irqçilik bilan kuraşişga qarşi yangi dasturni taqdim qilgan edi. Bu dasturning asosçilaridan biri Piara Povar aksilirland şiorlari ham irqçilikning bir körinişi ekanligini ta'kidlab ötgan edi. FIFA bunday qoizabuzarliklarga nisbatan hattoki terma jamoalarni çetlaştirişgaça boradigan jazolar qöllaşga va'da bergan edi.