Britaniyaning Interparcel kompaniyasi ekspertlari ötkazgan tadqiqot yakunlariga köra britaniyalik eng zerikarli deb hisoblaydigan narsalar aniqlandi. Tadqiqot natijalari The Daily Mirror naşrida e'lon qilindi.
Sörovnomada 2 ming britaniyalik iştirok etdi. Ularga eng zerikarli maşğulotlarni, eng mijğov yulduzlarni aniqlaş taklif qilindi.
Natijada quyidagiça “kuçli” önlik şakllandi:
1. Siyosatçilarning çiqişlari
2. Biror narsani kutiş
3. Poçtada navbat kutib turiş
4. Yöldagi tirbandlik
5. Teledökonlar
6. Qabulxonada ötiriş
7. Sekin Wi-Fi
8. Biror nimaning yetkazib berilişini kutiş
9. Poyezdning keçikişi
10. Reklama
Eng mijğov siyosatçilar sifatida Leyboristlar partiyasi yetakçisi Edvard Milibend va boş vazir Devid Kemeron tan olindi. Eng zerikarli va yoqimsiz yulduzlar sifatida Bono, Kane Uest va Gvinet Peltroular sözsiz e'tirof etilişdi. Şuningdek, respondentlarning aksariyat qismi “Kulrangning 50 jilosi” filmini köriş jarayonida uxlab qolişini tan oldi.
Bundan taşqari, sörovnomada iştirok etganlar televizor orqali “Formula-1” va ot poygasini, işçi yiğilişlarda esa PowerPoint taqdimotlarini körişdan çarçaganliklarini e'tirof etdilar.
Respondentlarning 70 foizlari öz hayotlarining ham nihoyatda zerikarli ekanligini tan oldilar.






