“Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi va “Özbekiston temir yöllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida taşkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Qaşqadaryo viloyatining Oqrabot va Dehqonobod temir yöl bekatlarida böldi.
“Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida taşkil etilgan uşbu xayriya aksiyasi, çekka tumanlar va boriş qiyin bölgan hududlar aholisi, ayniqsa, yoşi uluğ insonlarni çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziş, ularga manzilli muruvvat yordami körsatişga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
“Aktsiya kunlari, şuningdek, nogiron bolalar, boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning salomatligini muhofaza qiliş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida aholiga dori-darmon va tibbiy anjomlar, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-keçak va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi”, – deydi “Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi viloyat filiali rahbari Gulnora Şaripova.
Tadbir doirasida Dehqonobod tumani markazi va Oqrabot qişloqlaridagi 750ga yaqin kişi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi.
Keksaligi yoki oğir betobligi sabab şifokorlar qabuliga kela olmagan bemorlar xonadonlariga borib, tibbiy körikdan ötkazildi. Istiqlol mahallasida yaşayotgan Bekkamtoş momo Xurramova birinçi guruh nogironi. Mutaxassislar bemorning uyida uning kasallik tarixini örganib, tegişli tavsiyalar berdi. Nogironlik aravaçasi taqdim etildi.
Tadbir davomida ijtimoiy kömakka muhtoj aholi va nogironlarga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qariyb 800 million sömlik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravaçalari, kiyim-keçak, dori-darmon, tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, öquv qurollaridan iborat muruvvat yordamlari körsatildi.






