Rossiyaning Çelyabinsk şahrida Olimpiya öyinlari dasturidan örin olgan taekvondoning WTF yönalişi böyiça kattalar örtasida jahon çempionati bahslari davom etmoqda. Dunyoning 141 davlatidan kelgan eng kuçli dayan ustalari ğoliblik va şu bilan birgalikda Rio-2016 Olimpiya öyinlarining muhim reyting oçkolari uçun bahs olib borişyapti.

Mazkur jahon çempionatida Özbekiston şarafini Jasur Boyqöziyev (-87 kg), Dmitriy Şokin (+87 kg), Maksim Rafaloviç (-80 kg), Nikita Rafaloviç (-74 kg), Vladislav Xan (-68 kg), Sarvar Şeraliyev (-54 kg) va Dinara Mamadibragimova (-53 kg) himoya qiladi.

13 may kuni Nikita Rafaloviç Özbekiston vakillari orasida birinçi bölib bahslarga kirişdi. U 14 may kuni jahon çempionatining oltin medali uçun kuraşni davom ettiradi. Keçagi bahslarda u avvaliga gabonlik Xermen Dyuppasauni 14:0, keyin polineziyalik Remuela Tinirauni 3:2, nimçorak finalda tailandlik Piratep Sila-Onni 16:11 hisobida mağlub etdi.

Çorak finalda unga azaliy raqibi koreyalik Xun Kim röbaru keldi. Avvalgi özaro uçraşuvlarda taekvondo vatani vakilining qöli baland kelayotgandi. Bu safar Nikita kuçli raqibini 4:3 hisobida yengib, yarim finalga yöl oldi. Endi Rafaloviç finalga çiqiş uçun malilik Ismoil Kulibali bilan bellaşadi.

Ta'kidlaş joiz, Nikita Rafaloviç dunyo reytingida 3-örinni egallab turibdi. -74 kgvazn toifasining “A” guruhidan yarim finalga Rossiya va Eron vakillari yetib kelişgan.

14 may kuni jahon çempionatida-68 kgvazn toifasidagi yana bir özbekistonlik taekvondoçi Vladislav Xan ham öz iştirokini boşlaydi. 15 may kuni esa Sarvar Şeraliyev hamda Dinara Mamadidragimova, 16 may kuni Jasur Boyqöziyev va Dmitriy Şokin va nihoyat 18 may kuni Maksim Rafaloviç jahon çempionati medallari uçun kuraşga kirişadi.