Burundi poytaxti Bujumburada hokimiyat tepasidan töntarilgan prezident tarafdorlari va isyonçi harbiy qismlar orasida keskin janglar boşlanib ketdi.
Bujumburada davlat teleradiokompaniyasi yonida qattiq otişmalar röy bergan. Bu haqda 14 may kuni AFP naşri harbiylar va guvohlarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
13 may kuni Burundi razvedkasining sobiq rahbari, general Godfrua Niyombare mamlakat prezidenti Per Nkurunziza va uning hukumati töntarilganini e'lon qildi.
Guvohlarning ma'lumotlariga köra, armiya töntariş tarafdorlari (asosan tutsi xalqi vakillari) va prezident tarafdorlariga (mamlakatning 80 foizini taşqil qiladigan xutu xalqi vakillariga) bölinib ketgan.
Bujumburaning turli burçaklarida otişmalar bölayotgani aytilmoqda. Önlab odamlar halok bölgan. Davlat çegaralari va poytaxtdagi aeroport yopib qöyilgan.
Qayd etiş joiz, Burundi rasman dunyodagi eng kambağal davlat deb tan olingan.






